Maxfiylik siyosati
Yangilangan: 2026-yil 27-sentabr
Ushbu siyosat smarttime.uz sayti orqali yuborilgan maʼlumotlarga tegishli. SmartTime tizimidagi xodimlar maʼlumotlari mijoz bilan tuzilgan shartnoma asosida qayta ishlanadi.
Qanday maʼlumot yigʻiladi
Sayt orqali soʻrov yuborganingizda: ismingiz, telefon raqamingiz, kompaniya nomi, xodimlar soni va izohingiz. Sayt cookie va kuzatuv skriptlaridan foydalanmaydi.
Nima uchun
Faqat soʻrovingizga javob berish: demo va tijoriy taklif tayyorlash uchun.
Maʼlumot qayerga yuboriladi
Soʻrov kompaniyamizning ichki Telegram chatiga yuboriladi. U sayt serverlarida saqlanmaydi va uchinchi shaxslarga berilmaydi.
Saqlash muddati
Maʼlumotlar soʻrovingizga javob berish uchun zarur boʻlgan muddat davomida saqlanadi.
Huquqlaringiz
Oʻzbekiston Respublikasining «Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida»gi qonuniga muvofiq, maʼlumotlaringiz bilan tanishish, ularni tuzatish yoki oʻchirishni talab qilishingiz mumkin.
Aloqa
Saytdagi soʻrov formasi orqali yozing.